Jurnal haqida
Umumiy maʼlumotlar
“Natsciences.uz: Tabiiy va amaliy fanlarning dolzarb masalalari ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, u rasman 2025-yil 7-iyul kuni 876362-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Jurnal tabiiy va amaliy fanlarning barcha yo‘nalishlarida yuqori sifatli ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib qilish va tarqatishga bag‘ishlangan, taqrizlanadigan ochiq nashr hisoblanadi. Jurnal olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun ilmiy maqolalarni chop etish orqali ilmiy tadqiqotlar hamda texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jurnal 2025-yildan buyon nashr etiladi.
Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Jurnal bo‘limlari
Jurnal quyidagi ilmiy sohalarda tadqiqotlarni chop etadi:
01.00.00 — Fizika va matematika fanlari
02.00.00 — Kimyo fanlari
03.00.00 — Biologiya fanlari
04.00.00 — Geologiya va mineralogiya fanlari
05.00.00 — Texnika fanlari
11.00.00 — Geografiya fanlari
18.00.00 — Arxitektura
Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnalning barcha sonlari va maqolalari ochiq va bepul. Chop etilgan materiallar Natsciences.uz saytining arxiv bo‘limida erkin o‘qish va yuklab olish uchun joylashtirilgan.
Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi shaxsi oshkor etilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.
Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga yuborilgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturi yordamida tekshiriladi. O‘xshashlik darajasi 15% dan oshmasligi, matnning originalligi esa kamida 85% bo‘lishi lozim.
Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.
ISSN
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN 3030-3702 raqami olingan.
Crossref DOI
Tahririyat Crossref xalqaro tashkilotining rasmiy a’zosi bo‘lib, 10.47.390 DOI prefiksidan foydalanadi. Har bir nashr qilingan son va ilmiy maqolaga yagona Crossref DOI raqami biriktiriladi, bu esa ularning doimiy identifikatsiyasini va iqtibos keltirishni ta’minlaydi.
Muassis:
Jurnal “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.
Tahririyat
Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy.
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/Scienceproblemsteam_uz
Telefon raqami (telegram): +998996020984